Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shayxontohur tumanida niqobli jinoiy guruh qo‘lga olindi
Toshkent shahrida o‘zganing mulkini talonchilik yo‘li bilan o‘zlashtirish jinoyati fosh etildi. 2017 yilning 15 may kuni, soat 02:00larda 2 nafar noma'lum shaxs “VAZ 21011” rusumli avtomashinasida o‘zganing mulkini hayot uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib talon-taroj qilish maqsadida bosqinchilik jinoyatini sodir etishgan. Bu haqda Toshkent IIBB rasmiy vakili Doniyor Toshxo‘jayev ma'lum qildi.
Uning aytishicha, jinoyatchilar yuzlariga niqob kiygan holda Shayxontohur tumani hududida fuqaro D.M.ni pichoq bilan qo‘rqitib, bahosi 150 ming so‘mlik ayollar sumkasi va 4 mln 400 ming so‘mlik “iPhone 6S” uyali aloqa telefon qurilmasini bosqinchilik yo‘li bilan egallab, voqea joyidan yashiringanlar.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi, ya'ni bosqinchilik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan Aleksey Latipov va muqaddam sudlangan Marat Murtazinlar sodir etilganliklari aniqlangan.
Tergov xarakatlari natijalariga ko‘ra, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mavzuga oid
09:55 / 17.07.2026
Navoiyda IIB tergovchisi pora olishda qo‘lga tushdi
12:10 / 15.07.2026
Samarqandda bankka bostirib kirib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
14:42 / 16.06.2026
Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i jinoyatda gumonlanib qo‘lga olindi
21:16 / 15.06.2026