Samarqandda bankni ömarmoqçi bölgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Qöriqlaş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holat 13 iyul kuni Samarqand şahridagi banklardan birida sodir bölgan. Bankka qişki kiyimda, yuzini niqob bilan yaşirgan va qora sumka kötargan şaxs kirib kelgan. U özida portlovçi modda borligini aytib, bank xodimlarini qörqitgan. Söngra oynalarni sindirib, pul talab qilgan.
Kelib tuşgan taşviş xabari asosida voqea joyiga qöriqlaş xizmati xodimlari yetib borgan. Ular niqobli şaxs bilan xavfsiz masofadan turib, muloqot qilişgan. Muzokaralardan söng bosqinçi öz xohişi bilan taslim bölgan va qölga olingan. Hodisa oqibatida fuqarolarga zarar yetmagani bildirildi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinçilik) 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

















