TIVda Finlyandiya hamda Eron elchilari qabul qilindi
18 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Finlyandiya Respublikasinining favqulodda va muxtor elchisi Niklas Lindkvist (qarorgohi Xelsinki shahrida) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibining muhim masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Elchi 2017 yil 17 may kuni Toshkent shahrida ochilgan «O‘zbekiston neft va gazi – Global Oil&Gas Uzbekistan/OGU 2017» 21-xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasidagi ishtiroki va «O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasida o‘tkazilgan muzokaralar to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Uchrashuvda ta'kidlanganidek, mamlakatda qabul qilingan 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘zaro munosabatlarni savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalarda yanada mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Muzokaralarda bo‘lajak O‘zbekiston—Finlyandiya uchrashuvlari jadvali ham ko‘rib chiqildi.
Shu kuni TIVda Eron Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Bahman Og‘ozoriy Do‘rmoniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning amaliy masalalari, jumaladan, 11-12 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Shanghay hamkorlik tashkiloti forumining 12-yig‘ilishi yakunlari yuzasidan fikr almashildi. Mazkur forumda Eron ShHT kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etgandi.
Mavzuga oid
22:25 / 24.11.2024
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
23:18 / 23.11.2024
Finnair ish tashlashlar tufayli 300 ga yaqin reysini bekor qiladi
21:33 / 18.11.2024
Finlandiya va Germaniya o‘rtasidagi suvosti telekommunikatsiya kabeli ishdan chiqdi
17:11 / 15.11.2024