Jamiyat | 19:31 / 18.05.2017
16866
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda g‘azab o‘tida yongan aka ukasini pichoqlab qo‘ydi

Toshkentning Yashnobod tumanida aka-uka mojarosi oqibati fojia bilan tugashi mumkin edi. Gap shundaki, 2017 yilning 15 may kuni soat 23:00larda Yashnobod tumani hududida istiqomat qiluvchi Doniyor Husanov o‘zaro kelib chiqqan oilaviy janjal oqibatida ukasi Dilmurod Husanovning chap ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marta urib, tan jarohati yetkazgan.

Toshkent IIBBda tashkil etilgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi, ya'ni “qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish” alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid