Polşa Içki xavfsizlik agentligi (ABW) ma’lum qilişiça, 14 iyul kuni Ilya K. ismli 18 yoşli Ukraina fuqarosiga rasmiy ayblov e’lon qilingan. Bu haqda agentlik 16 iyul kuni tarqatgan bayonotida ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga köra, yiğilgan dalillar ayblanuvçi 2024 yil noyabridan 2025 yil avgustigaça bölgan davrda jami 47 ta jinoyatni sodir etgan bölişi ehtimoli yuqori ekanini körsatadi.
Polşa prokuraturasi ma’lumotiga köra, mazkur jinoyatlar qatorida yodgorliklarni tahqirlaş holatlari ham bor. Xususan, Polşadagi Ukraina isyonçilar armiyasi (UIA) qurbonlariga bağişlangan yodgorliklarga «UIAga şaraf» degan yozuvlar tuşirilgani va qizil-qora bayroqlar örnatilgani aytilmoqda.
ABW ta’kidlaşiça, uşbu harakatlarning asosiy maqsadi Polşa va Ukraina xalqlari örtasida millatlararo nizo va işonçsizlikni kuçaytiriş bölgan.
Idoraning bildirişiça, tergov davomida ijroçilar messenjerlar orqali yollangani, ularga haq kriptovaluta orqali, Rossiya va Xitoyda röyxatdan ötgan kriptobirjalar yordamida tölangani haqidagi sxema ham aniqlangan.
Ayblovning yana bir bandiga köra, Ilya K. 2025 yil 15 avgust kuni Varşavada ötkazilişi rejalaştirilgan Polşa Qurolli kuçlari kuni paradi vaqtida diversiya tayyorlagan. Tergovçilarning fikriça, u parad çoğida mamlakat prezidenti Karol Navrotskiy harakatlanişi rejalaştirilgan avtomobil ustida uçuvçisiz uçiş apparati (dron)ni havoga kötarişni rejalaştirgan.
Prokuratura ma’lum qilişiça, gumonlanuvçi dron turini tanlaş, uni sotib oliş xarajatlari va topşiriqni bajariş tartibini muhokama qilgan. U parad ötkazilişidan uç kun oldin qölga olingan.
Şu bilan birga, Polşa Içki xavfsizlik agentligi iyun oyi oxirida Rossiya tomonidan moliyalaştirilgan aksiyalarga odam jalb qilganlikda gumon qilinib, töqqiz nafar Ukraina va ikki nafar Belarus fuqarosi mamlakatdan deportatsiya qilinganini ham e’lon qilgan edi.
Idora ma’lumotiga köra, ular Polşada yaşovçi ukrainalik qoçqinlar orasida turli norozilik aksiyalarini taşkil etiş uçun iştirokçilarni yollagan va ularning qatnaşuvi uçun haq tölagan.
Ayni paytda mazkur ayblovlar Polşa huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan ilgari surilgan bölib, sud hali uşbu iş yuzasidan yakuniy qaror çiqarmagan.

















