Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov "Arsenal" ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun katta mablag‘ sarflamoqchi
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Londonning "Arsenal" klubi ustidan nazoratni qo‘lga kiritish uchun klubning eng yirik aksiyadori, amerikalik tadbirkor Sten Kronkega unga tegishli aksiyalarni sotib olish uchun 1,3 mlrd yevro taklif qildi. Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.
Ayni vaqtda Usmonovga klubning 30 foiz aksiyasi, klub egasi Kronkega esa 66,76 foiz aksiya tegishli.
Ma'lum qilinishicha, Kronke Usmonovning taklifini rad etmoqchiligini bildirib qo‘ygan. U norasmiy tarzda o‘zining ulushini Usmonovga ham, boshqa biror shaxsga ham sotmasligini aytgan. "Ikki hafta oldin bu haqiqatda yuz berishi mumkin deb o‘ylagandim, biroq hozir bunga ishonchim komil emas", deb aytgan bir manba.
O‘tgan oy Usmonov FT’ga bergan intervyusida kanonirlar egalarini tanqid qilgandi va ularni jamoani rivojlantirish uchun yetarlicha investitsiyalar qilmayotganlikda ayblagandi. Usmonov klub aksiyalarining 2-raqamli egasi bo‘lsa-da, klubning direktorlar kengashiga kirmaydi.
"Arsenal" chempionat yakunlanishiga bir tur qolganda 72 ochko bilan 5-o‘rinni egallamoqda va Chempionlar Ligasida ishtirok etishga imkon beruvchi 4-o‘rindagi klubdan 1 ochko farq bilan ortda qolmoqda. 4-o‘rinni 75 va 73 ochkoga ega "Manchester Siti" va "Liverpul" ham egallashi mumkin. Joriy mavsumning oxirgi turida 20 may kuni "Arsenal" "Everton" bilan, "ManSiti" "Uotford" bilan, "Liverpul" "Midlsbro" bilan uchrashadi.
Kanonirlar oxirgi 20 yil ichida hali biror marta chempionatni 4-o‘rindan pastroq o‘rinda yakunlashmagan. Biroq klub 2004 yildan beri Angliya premer-ligasini yutmay kelmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
05:35 / 18.03.2026
«Siti» turnirni tark etdi, Lissabonda kambek. YeChLda kun o‘yinlari
10:59 / 15.03.2026