Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorvoq suv omboridan suv chiqishi natijasida Chirchiq daryosi sathi ko‘tarildi, qator xonadonlarda suv bosish xavfi kelib chiqqan
Joriy yilning 18 may kuni soat 17:40 da Chorvoq suv omboridan 800 m3/sek. dan ziyod suv chiqishi natijasida Chirchiq daryosi suv sathi ko‘tarilishi kuzatilgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘sha kuni soat 23:30 da “Chirchiq” daryosining Quyichirchiq tumani hududining chap qirg‘og‘ida qirg‘oqlarning yemirilishi va qisman qirg‘oqlarga suv chiqishi kuzatilgan. Bu esa “Abay” QFY “Tojik ovul” mahallasidagi 28 ta xonadonga (132 nafar fuqaro) suv bosish xavfi kelib chiqqan.
Shuningdek, “Yangi hayot” QFY “Oxunboboyev” aholi yashash punktidagi 8 xonadonning hovlilariga suv kirgan, ammo ularning asosiy yashash uylariga zarar etmagan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati hokimiyati, O‘zgidromet, O‘zavtoyo‘l, IIB xodimlaridan iborat tezkor Shtab tashkil qilingan.
Tezkor ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, 19 may kuni 10:00 gacha 50 nafar xodimlar, 4 ta “ MAN”, 3 ta “SAMSUNG” avtomashinalari, 3 ta pogruzchik, 1 ta avtokran, 1 ta buldozerlar jalb qilinib, 35 m qirg‘oq joyiga temir-beton, harsang toshlar tashlanib, Chirchiq daryosi qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari olib borildi.
Natijada, Quyichirchiq tumanidagi “Abay” QFY “Tojik ovul” mahallasi hududi, “Yangi hayot” QFY “Oxunboboyev” aholi yashash punkti hududlariga suv toshqini xavfi bartaraf etildi, Chirchiq daryosidagi oqayotgan suv xajmi 100 m3/sek. ga kamaygan.
Hozirgi vaqtda Quyichirchiq tumanidagi “Abay” QFY ning “Tojik ovul” mahallasi hududi va “Yangi hayot” QFY ning “Oxunboboyev” aholi yashash punkti hududlarida qirg‘oq mustahkamlash ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:30 / 16.06.2026
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
20:57 / 11.06.2026
Chirchiq daryosi qirg‘og‘ining o‘pirilgan qismini mustahkamlash ishlari boshlandi
13:02 / 02.06.2026