26 iyun kuni soat 09:50 atrofida Çirçiq şahrining Döstlik mahallasi hududidan oqib ötuvçi Bözsuv kanalida suv oqimida oqib ketayotgan fuqaro aniqlandi.

Dastlab uni Kamolot GES xodimlari payqab qolgan. Ular zudlik bilan holat haqida Çirçiq şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga xabar bergan.

Xabardan söng qutqaruvçilar qisqa vaqt içida voqea joyiga yetib kelib, suvga şönğigan holda fuqaroni qirğoqqa olib çiqişga muvaffaq bölgan.

Jabrlanuvçiga voqea joyining özida birinçi tibbiy yordam körsatilgan va u keyinçalik şifokorlar nazoratiga topşirilgan. Ma’lum qilinişiça, hozirda uning ahvoli yaxşi.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, fuqaro ehtiyotsizligi sababli kanalga tuşib ketgan. U suzişni bilmagani uçun kuçli suv oqimida oqib ketgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati fuqarolarni suv havzalari yaqinida ehtiyotkor bölişga, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilişga çaqirmoqda.