FVV ma’lumotiga köra, voqea keça soat 13:00 atrofida Çirçiq şahridagi “Şarq” mahalla fuqarolar yiğini hududidan oqib ötuvçi Bözsuv kanalida sodir bölgan.
Kanal qirğoqlarida profilaktik örganiş işlarini olib borayotgan qutqaruvçilar suv oqimida harakatsiz holda oqib ketayotgan fuqaroni payqab qolgan. Şundan söng ular zudlik bilan suvga şönğib, fuqaroni qirğoqqa olib çiqqan.
Huşsiz holatda bölgan fuqaroga qutqaruvçilar tomonidan voqea joyining özida birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Ma’lum qilinişiça, hozirda uning ahvoli yaxşi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tuşib ketgan. Suzişni bilmagani sababli esa kuçli suv oqimi uni olib ketgan.
FVV fuqarolarni suv havzalari va kanallar atrofida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilişga çaqirdi.













