Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeOII va Eron o‘rtasida erkin savdo zonasi joriy yildayoq kiritilishi mumkin
Foto: Depositphotos
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vasiliy Nebenzyaning RIA Novosti’ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Eron o‘rtasida erkin savdo zonasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar 11 oktabrda, oliy darajada o‘tadigan keyingi uchrashuvda yakunlanishi mumkin.
«YeOIIning oliy darajadagi keyingi uchrashuvi 11 oktabrga mo‘ljallangan. Bizning taxminimizcha, o‘sha vaqtga qadar muzokaralarni yakunlaymiz va YeOII hamda Eron o‘rtasida erkin savdo zonasi haqidagi vaqtinchalik bitimni imzolash jarayoniga kirishamiz», - deya aytib o‘tdi u.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, YeOII va Eron o‘rtasida vaqtinchalik zona borasidagi muzokaralar davom etmoqda. U tomonlar aprelda o‘z pozitsiyalarini muvofiqlashtira olmaganliklaridan afsusda ekanini bildirdi.
«Savdo muzokaralari har doim juda murakkab... Bizning taxminga ko‘ra, bu ish 11 oktabrga yakunlanishi lozim», - deya aniqlik kiritdi Nebenzya.
Mavzuga oid
08:29
AQSh va Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hodisadan so‘ng bir-biriga zarba berdi
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
09:52 / 06.05.2026