Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» «Arsenal»ni YeChLga qo‘ymadi, «Manchester Siti» ham vazifani uddaladi
Bugun Angliya chempionatida 38-tur o‘tkazildi. Turning barcha uchrashuvlari bir vaqtda boshlandi.
«Manchester Siti» «Uotford»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Uotforddagi «Vikareydj Roud» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. G‘oliblar safida gollarni Serxio Aguero (dubl), Vensan Kompani, Fernandino va Gabriel Jyezus urishdi.
«Liverpul» esa muhim uchrashuvda «Midlsbro»ni mag‘lub etdi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi 3:0. Gollar mualliflari — Jorjino Veynaldum, Filippe Koutino va Adam Lallana.
«Manchester Siti» endi 78 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi, «Liverpul» 76 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinni band etdi, bu ikki jamoa ham keyingi mavsumda APL nomida YeChLda ishtirok etadi. «Shaharliklar» guruh bosqichidan, Klopp shogirdlari esa pley-off o‘yinlaridan.
Oxirgi turga qadar kuchli to‘rtlikka kirish uchun imkoniyatlarni saqlab qolgan «Arsenal» esa bu ko‘p yillardan beri ilk marta YeChLsiz qoladigan bo‘ldi. «Kanonirlar» g‘alabali seriyani davom ettirib «Everton» ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsada (3:1), 75 ochko bilan beshinchi o‘rinda qoldi va keyingi mavsumni Yevropa Ligasida o‘tkazadigan bo‘ldi.
APLda oltinchi o‘rinni egallagan «Manchester Yunayted» esa Yevropa Ligasi finalida «Ayaks»ni yengsa, YeChLga yo‘llanma oladi.
Angliya premer-ligasi, 38-tur
Uotford – Manchester Siti 0:5 (0:4)
Gollar: 0:1 – 5 Kompani, 0:2 – 23 Aguero, 0:3 – 36 Aguero, 0:4 – 41 Fernandino, 0:5 – 58 Gabriel Jyezus.
Uotford: Gomes, Meyson, Xolebas, Yanmat (Elefteriu, 39), Dukure, Amrabat (Dini, 59), Kleverli, Bexrami, Kapu, Okaka Chuka, Nyang (Pereyra, 74).
Manchester Siti: Kabalero, Kompani, Otamendi, Klishi, Sane (Navas, 62), Fernandino, Silva, Ture (Sanya, 63), de Bryuyne, Gabriel Jyezus, Aguero (Ixeanacho, 71).
Ogohlantirish: Dukure (45).
Liverpul – Midlsbro 3:0 (1:0)
Gollar: 1:0 – 45+1 Veynaldum, 2:0 – 51 Koutino, 3:0 – 56 Lallana.
Liverpul – Minole, Lovren, Matip, Klayn, Milner (Moreno, 86), Lallana, Djan, Koutino, Veynaldum, Firmino (Leyva, 79), Starridj (Origi, 82).
Midlsbro – Gyuzan, Chembers, Frend, Fabio (Ayyala, 73), Gibson, Lidbitter, Kleyton, Forshou, Dauning, Bemford, Jyested (Negredo, 73).
Ogohlantirish: Jyested (56).
Arsenal – Everton 3:1 (2:0)
Gollar: 1:0 – 8 Belerin, 2:0 – 27 Sanches, 2:1 – 58, penalti Lukaku, 3:1 – 90 Remzi.
Arsenal – Chex, Koselni, Gabriel (Mertesaker, 53), Monreal, Xolding, Ozil, Remzi, Sanches (Ivobi, 68), Djaka (Koklen, 62), Belerin, Uelbek.
Everton – Robles, Uilyams, Beyns, Xolgeyt, Djagelka, Guyye (Berri, 46), Shnayderlin, Devis (Barkli, 26), Miralyas, Valensiya (Kone, 83), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Uilyams (19), Djagelka (39), Gabriel (52), Shnayderlin (61), Xolding (62), Beyns (73).
Chetlatish: Koselni (14).
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026