Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni qiroli Eronni global terrorchilikda aybladi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud Eron hukumatini global terrorchilik "nayzasining uchi" deb atadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
U bu haqda AQSh prezidenti Donald Trampning Ar-Riyodga tashrifi doirasidagi nutqida aytib o‘tdi.
"Bizning Tangri, xalqimiz va butun dunyo oldidagi javobgarligimiz yovuzlik kuchlari va ekstremizm qayerda bo‘lmasin, unga qarshi kurashishdan iborat", deb ta'kidlab o‘tdi qirol.
Qirol Salmon "Eron tuzumi o‘zidan global terrorchilikning nayzasi uchini aks ettirishini" ochiqchasiga aytdi.
U, shuningdek, Saudiya Arabistoni terrorchilikni moliyalashtirishga harakat qiladigan barchani ayab o‘tirmasligini ta'kidlab o‘tdi.
"Biz terrorchilikni istalgan ko‘rinish va shaklda moliyalashtirishga har qanday urinishga qonunning butun qat'iyligi bo‘yicha rahm qilib o‘tirmaymiz", deb aytgan qirol.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026