21 iyun kuni Şveytsariyadagi kurortda ötkazilgan tört tomonlama uçraşuvning birinçi kuni / Foto: AP Photo

AQŞ prezidenti Donald Tramp muzokaralar guruhiga rahbarlik qiliş uçun özining kuyovi Jared Kuşner va maxsus vakili Stiv Uitkofni Dohaga yubormoqda.

Eron ham şu haftada Qatarga özining texnik delegatsiyasini yubormoqda. Ammo Eron taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ismoil Bağoiy buning amerikaliklarning taşrifiga «heç qanday aloqasi yöqligini» va ikki tomon örtasida heç qanday muzokaralar rejalaştirilmaganini aytdi.

«Yaqin kunlarda Amerika tomoni bilan har qanday darajada biron-bir muzokara uçraşuvlari ötkazmaymiz», deya Bağoiyning sözlarini keltirmoqda Reuters.

Tomonlarning uçraşuvi borasidagi kelişmovçilik – Hörmuz orqali global neft oqimini izdan çiqargan va Tramp uçun siyosiy boş oğriqqa aylangan uruşni töxtatiş haqidagi sulhning naqadar nozik ekanini körsatmoqda.

Reutersʼga köra, Eronning yuqori martabali rasmiysi seşanba kuni Dohada uçraşuv bölişini aytgan. Biroq Eron va AQŞ guruhlari örtasida avvalgi texnik muzokaralardan farqli ölaroq, asosiy e’tibor Hörmuz böğozini boşqariş va keskinlikni pasaytirişga qaratiladi.

Rejalardan xabardor boşqa bir rasmiyning sözlariga köra, AQŞ va Eronning texnik guruhlari çorşanba kuni Qatar va Pokiston vositaçilari bilan alohida-alohida uçraşişi kutilmoqda.

Prezident Donald Tramp Oval kabinetda jurnalistlarga: «Dohadagi uçraşuv balki muhim bölar, balki yöq. Buni yaqin orada bilib olamiz», dedi.