Jamiyat | 11:47 / 22.05.2017
10459
5 daqiqa o‘qiladi

Olimlar immunitetni saraton hujayrasini o‘ldirishga majburlovchi antitela ishlab chiqishdi

Foto: Getty Images

Amerikalik olimlar immun hujayralarga qo‘shilib, ularni saraton o‘simtalariga hujum qilishga majburlaydigan g‘aroyib antitelo ishlab chiqishdi. Science Immunology jurnalida chop etilgan maqolada shu haqda so‘z borgan.

"Neyrobiolog sifatida qachonlardir saratonning immunterapiyasi xususida maqolani e'lon qilaman, deb o‘ylamagandim. Biz autoimmun kasalliklarning rivojlanishi oldini oluvchi noyob T-to‘qimalarni o‘rganganimizda bizda yangi g‘oya paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, agar saraton shu kabi autoimmun kasalliklarning o‘ziga xos ziddi bo‘lsa, unda biz ishlanmalarimizdan immun tizimini "o‘chirib qo‘yish" emas, balki "ishga tushirish"da foydalanishimiz mumkin", — degan Harvard universiteti olimi Hovard Uayner. 

Bugungi kun olimlarining fikricha, immun tizimi, odatda, saratonning ilk o‘simtalariga yetarli kurasha oladi. Ya'ni, saraton hujayralari immun tizimi to‘qimalari tomonidan o‘rab olingan holda bo‘ladi. Hujayralar mustaqil harakatlana oladigan bo‘lganida metastaza yuz beradi va immun tizimi qandaydir sababga ko‘ra, saraton to‘qimalarini ko‘rmaydi hamda ularni yo‘q qilishga urinmaydi. 

Boshqa jihatdan immun hujayralar juda kam hollarda saraton o‘simtalariga kirib, ularni ichidan yo‘qq qilishga urinadi. Bu ham biologlar va shifokorlarning muhokamalariga sabab bo‘layotgan mavzulardan biridir. Ko‘plab olimlarning fikricha, buni shunday tushuntirish mumkin: saraton hujayrasi o‘ziga xos "vahima ishora"larini hosil qilib, immunitetning asosiy boshqaruvchilari bo‘lgan "T-hujayralar"iga ta'sir o‘tkazadi va buning natijasida immunitetning boshqa hujayralari saraton o‘simtasiga hujum qilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
 
Uaynerning aytishicha, uning jamoasi bir necha yildan beri skleroz kasallik – autoimmun xastaligini davolash ustida izlanishlar olib bormoqda. Ushbu kasallik rivojlanishida immun tizimi hujayralari miya neyronlariga hujum qiladi. Olimlar esa bu hujayralarni miya to‘qimalariga hujum qilmaslikka "o‘rgatishdi". 

Biologlar sichqonlar bilan tajriba o‘tkazib aniqlashlaricha, sog‘lom kemiruvchilarning miyasida odatdagidan ko‘p noyob T-hujayralar bo‘lgan. Bu hujayralar sklerozga uchragan sichqonlarning miyasida emas, aksincha saraton hujayralarida ko‘plab uchrashiga duch kelishgan. 

Bu kashfiyot Uayner va uning hamkasblarini miyani immunitet hujumidan himoya qiladigan mazkur hujayralar immun tizimining boshqa hujayralariga saraton o‘simtalari ichiga kirishga yo‘l qo‘ymaydi, degan xulosaga kelishlariga asos bo‘lgan. Ular bu fikrni T-hujayralar faolligini susaytiruvchi antitelolarni sichqonlar miyasida qo‘llab ko‘rish bilan sinashdi. 

Olimlar, ushbu antitelalarni immun hujayralariga kiritgach, ularning saratonga qarshi faolligi sezilarli o‘sganini qayd etishgan. Buning natijasida T-hujayralarining limfotsitlarni yakka holdagi saraton hujayralarini yo‘q qilishiga imkon bermaydigan "vahima ishoralari"ni ishlab chiqish qobiliyati to‘sib qo‘yilgan. 

Keyin, olimlar ushbu antitelalar sichqonlardagi o‘simtalarni yo‘q qila olish qobiliyatini sinab ko‘rishgan. Kemiruvchilar tanasiga saraton o‘simtasi qo‘yilgach, ularning qoniga antitela kiritilgan va u saraton o‘simtalari o‘sishiga qanday ta'sir qilishini kuzatishgan. 

Tajribaning ko‘rsatishicha, antitela, haqiqatdan ham immun hujayralariga o‘simtalar ichiga kirishiga majbur qilgan. Shu bilan o‘simtalar o‘sishi sekinlashgan yoki to‘liq to‘xtagan. 

Uaynerning ta'kidlashicha, Tilos Therapeutics kompaniyasi ushbu kashfiyotga qiziqish bildirgan. Ammo, tadqiqot ishlari yana bir necha yilni talab qiladi, shu bois bir-ikki yilda saratonga qarshi antitela ishlab chiqarilishini kutish noto‘g‘ri bo‘ladi. 

Mavzuga oid