Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev O‘zbekistonga keldi
22 may kuni Rossiya ichki ishlar vaziri, politsiya generali Vladimir Kolokoltsev boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Kolokoltsevning ikki kunlik tashrifi vaqtida uning O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov bilan uchrashuvlari hamda ichki ishlar hududiy organlari bo‘limlariga tashrifi belgilangan.
Rossiya delegatsiyasining O‘zbekistondagi tashrifi dasturining ilk bandi uning Samarqanddagi yodgorlik majmuasiga tashrifi bo‘ldi. Kolokoltsev bu yerga dafn qilingan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini yod etdi va uning qabriga gulchambar qo‘ydi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026