Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Isroildagi G‘arbiy devor orqali "Yaratganga maktub yo‘lladi"
Donald Tramp AQSh prezidenti sifatidagi xorijga ilk tashrifi davomida Isroilga keldi. Amerika davlati rahbari iudaizmning asosiy maqbarasi - vayron qilingan Yahudiy ibodatxonasining G‘arbiy devori (yana bir nomi - Yig‘i devorlari)ga tashrif buyurdi. Politico nashri shu haqida xabar berdi.
Amerikaning amaldagi prezidenti xristianlikning presviterian oqimi izdoshi hisoblansa-da, G‘arbiy devorga chiqish chog‘ida boshiga kipa (yahudiylarning an'anaviy bosh kiyimi) kiydi.
Tramp G‘arbiy devordagi yoriqlardan biriga xat joyladi. Yahudiylar an'anasiga ko‘ra, Devorga joylangan noma Yaratganga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat hisoblanadi.
AQShning Isroildagi sobiq elchisi Den Shapironing ta'kidlashicha, Tramp Qudusning Eski shahariga tashrif buyurgan Oq uyning ilk rahbarlaridan bo‘ldi. U Amerika prezidentiga siyosatchilar emas, faqat ma'naviy yetakchilar hamrohlik qilganini qo‘shimcha qildi.
Nashrga ko‘ra, sobiq prezident Barak Obama ham G‘arbiy devorda bo‘lgan. Biroq u tashrif AQShning 44-prezidenti saylovlariga qadar bo‘lgan edi. U paytlar Obama Illinoys shtati federal senatori lavozimini egallagandi.
Zamonaviy Isroil Qudusni (shu jumladan uning tarkibiga kiruvchi Eski shaharni) o‘zining "yagona va bo‘linmas poytaxti" deb hisoblaydi. YuNeSKO esa isroilning bosh shahri sharqiy qismini falastinliklarning ishg‘ol qilingan hududi hisoblab, yahudiy xalqi va uning qadimiy yodgorliklari o‘rtasidagi madaniy aloqani tan olishdan bosh tortadi.
Mavzuga oid
14:15
Livanga yana hujum bo‘lsa, kelishuv taqdiri so‘roq ostida qoladi – Umrbek Yusupov
09:25
Obama va Trampning Eron bilan kelishuvlari nimasi bilan farq qiladi?
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026