O‘zbekiston | 19:13 / 23.05.2017
6303
1 daqiqa o‘qiladi

Endilikda yuridik xizmat xodimlari gazeta orqali savollarga javob beradi

Foto: Depositphotos

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvar kungi PQ-2733-son “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra davlat organi va tashkiloti faoliyatiga tegishli qonunchilikni targ‘ib qilish ishlarini amalga oshirish yuridik xizmat xodimlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi.

Shundan kelib chiqib, Adliya vazirligining huquqiy gazetasi “Inson va qonun”da alohida “Yuridik xizmat minbari” rukni tashkil etildi.

Mazkur rukn orqali gazetaning har bir sonida davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlari tomondan o‘zlarining idora faoliyatiga tegishli qonunchilik yuzasidan aholini qiziqtirgan savollariga bergan javoblari yoritilib boriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid