Konstitutsiyaviy sud Inson huquqlari böyiça Özbekiston milliy markazining murojaati asosida «Advokatura töğrisida»gi qonunning 3-moddasi uçinçi qismi beşinçi xatboşisi Konstitutsiya talablariga muvofiqligini körib çiqdi.

Murojaatda mazkur norma advokatlarga davlat organlari va muassasalariga şartnomaviy asosda yuridik xizmat körsatiş imkonini berişi, biroq tadbirkorlik sub’yektlari hamda nodavlat notijorat taşkilotlariga nisbatan şunday qoida aniq nazarda tutilmagani sababli huquqiy baholaş söralgan edi.

Konstitutsiyaviy sud iş materiallarini örganib, advokatning davlat organlari, xöjalik boşqaruvi organlari, davlat muassasalari va taşkilotlariga şartnoma asosida yuridik xizmat körsatişi fuqarolar va yuridik şaxslarning malakali yuridik yordam oliş huquqini çeklamasligini ta’kidladi.

Sud xulosasiga köra, mazkur norma har kimning malakali yuridik yordam oliş huquqini kafolatlovçi hamda mulk şakllarining teng huquqliligini ta’minlovçi konstitutsiyaviy tamoyillarga zid emas.

Qarorda advokatning davlat taşkilotlariga şartnomaviy asosda yuridik xizmat körsatişi davlat fuqarolik xizmatida işlaşi degani emasligi ham qayd etilgan. Bunday munosabatlar mehnat şartnomasi emas, balki fuqarolik-huquqiy şartnoma asosida yuzaga keladi.

Konstitutsiyaviy sud yakuniy xulosasida «Advokatura töğrisida»gi qonunning bahsga sabab bölgan normasi Özbekiston Konstitutsiyasining 29-, 65- va 141-moddalariga muvofiq ekanini belgilandi.

Mazkur qaror qat’iy hisoblanadi, şikoyat qilinişi mumkin emas va rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.