Jamiyat | 14:40 / 23.05.2017
7421
1 daqiqa o‘qiladi

“Qoradori 2017”: Chilonzorda fuqaro marixuana bilan qo‘lga tushdi

Illyustrativ foto

2017 yilning 20 may kuni, soat taxminan 18:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida fuqaro Baratov Erkin (ma'lumotlari o‘zgartirilgan) yonida bo‘lgan polietilen paket ichidagi shisha idishda, og‘irligi 229,77 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ozginadan ko‘proq miqdorda, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Baratovga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, shuningdek, ushbu shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid