Kun.uz’ga Çilonzor tumanidagi Katta Qozirobod mahallasi raisi Abdusamad Mutalovning qöpolligi va boriça aytganda – axloqsizligidan şikoyat qilingan yana bir murojaat kelib tuşdi. Bu gal u “tarbiyasiz” maktab öquvçilari yo ularning ota-onalarini sökmagan. Bu gal raisning “şirin sözlari” nişoni turmuşida muammolar çiqib, ajrim yoqasiga kelib qolgan oila a’zolari, xususan, yoşgina kelinçak bölgan.

Eslatib ötamiz, şu yilning qişida uşbu mahalla raisi Abdusamad Mutalovning şu hududdagi 138-maktab öquvçilariga, ota-onalariga pol arttiriş bilan ham tahdid qilgan: “Bilib olinglar, “skritiy kamera” qöyaman. Kimda kim şu işni [poyabzalining yon qismini polga işqalab, uni qoraytirsa], uning öziga arttirmayman, ota-onangni çaqirtiraman. Ularni çaqirtirib, dönqaytirib pol arttiraman”, - degandi rais.

Bu işi uçun Mahallalar uyuşmasi uni “işdan olindi” deya izoh bergan, ammo sal ötib lavozimiga qaytarib qöyilgan rais özini oqlaşga ham uringandi.

Ammo buni qarangki, “rais yaxşi odam ekan...” degan taassurotga borib-bormay turgan bir paytimizda u kişining ustidan navbatdagi şikoyat tuşib turibdi.

Bu gal u “tarbiyasiz” maktab öquvçilari yo ularning ota-onalarini sökmagan. Bu gal raisning “şirin sözlari” nişoni turmuşida muammolar çiqib, ajrim yoqasiga kelib qolgan oila a’zolari, xususan, yoşgina kelinçak bölgan.

Rais Abdusamad Mutalov mahalla binosida ötgan bu qöştirnoq içidagi yaraştiruv jarayonida axloqqa zid tarzda, tajovuzkor va tahdidli ifoda bilan ayolni kamsitgan.

Mutalov gapi davomida şunday deydi:

“Boşingda römol, oğzingda Xudo. Diling – şayton. Oğizda zikr, lekin dil şayton, şayton. Ammasi örgatdi, xolasi örgatdi. ....ga tiqdi-da hammasi çetga çiqvolib, mişiğini oqizib keldi. Men itday bölib yana olib kirdim. Xor bölasan, men senga 5 yillik tajribamdan kelib çiqib aytyapman – aniq bölasan xor. Qölma-qöl bölasan, xor bölasan. Qölingga zikr olib, boşingga römol öraganni köryapman hammangni. Nima ahvolda yurganingni. Aniq aytaman, birovni qöliga ilinasan – xor bölasan!”

Uning nutqi davomida bir neça bor axloqiy me’yorlarga töğri kelmaydigan, tajovuzkor va tahdidomuz ifoda quloqqa yaqqol çalinadi.Kelinning sözlariga köra, oila 3-tomonning aralaşuvi bilan ajrim yoqasiga kelgan va yaraştiriş maqsadida mahalla raisiga murojaat qilişgan. Mahalla idorasida bölgan muloqot jarayonida esa ayol va uning ota-onasiga umuman oğiz oçişga haqlari yöqligi aytilib, şunday tahdid qilingan.

“Erimning kaltaklaşini aytganimda esa erimga qarab “ur, gap qaytargan xotinni uriş kerak. Menam xotinimni uraman. Şunaqa tepaman – zinadan uçib ketadi” deb battar qayradi. Yaraşişimiz kerak bölgan joyda bu gaplar munosabatlarimizga teskari ta’sir qildi”, deydi ayol.

Abdusamad Mutalov Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti tizimidan çiqqan – soddaroq aytganda sobiq xodim hisoblanadi.

Bilamizki, mahalla faollarining vazifasi – jamiyatda tinçlikni saqlaş, oilalarni yaraştiriş, himoyaga muhtojlarni qöllab-quvvatlaşdan iborat. Ammo mazkur holatda mahalla raisi aksinça, ayolni tahqirlaş va ruhiy bosim ostida qaror qabul qilişga majburlayotgani körinadi. Ayolning ruhiy bosim va tahdidlar orqali qaror qabul qilişga majbur etilişi – bu nafaqat ijtimoiy, balki huquqiy jihatdan ham jiddiy xavf sanaladi.

Gulmira Toşniyozova,
Kun.uz