Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi nogironlar reabilitatsiya markazida 200 dan ortiq bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Samarqand viloyat nogironlar reabilitatsiya markazida O‘zbekiston Respublikasi Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi strategik harakat dasturida rejalashtirilgan sayyor o‘quv amaliyoti o‘tkazildi.
Respublika Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining tajribali mutaxassislari viloyatdagi tibbiy muassasalar tomonidan ro‘yxatga olingan nogironlar va markazda davolanayotgan jami 200 nafardan ortiq bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, tegishli tavsiyalarini berishdi.
Tadbir davomida hududiy markazlar faoliyatini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari markazlari mutaxassislari ham ishtirok etishdi. Seminarda markaz faoliyati, yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar Respublika Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi mas'ul xodimlari tomonidan tahlil qilinib, hududiy markazlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Sayyor o‘quv amaliyoti yakunida Respublika Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining tajribali mutaxassislari tomonidan master-klass tarzida operatsiyalar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
13:21 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST rahbari bilan uchrashdi
10:11 / 21.04.2026
Saida Mirziyoyeva Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi
22:14 / 20.04.2026
Narkotiklar endi virtual makonda: xalqaro hamjamiyat Samarqandda birlashdi
22:00 / 20.04.2026