Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh g‘arbiy sohillarida ro‘y bergan ko‘chki yirik magistralni to‘sib qo‘ydi
Foto: CNN
AQShning Tinch okeani sohillari uzra qurilgan Pacific Coast Highway avtomagistrali mamlakatdagi eng chiroyli avtomobil yo‘llaridan biri hisoblanadi. Uning bir qismi ko‘chki tufayli to‘silib qoldi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali Kaliforniya shtati transport departamentiga asoslangan holda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 20 may kuni tonnalab loy aralash tog‘ tuprog‘i San-Lyuis-Obispo shahridan 10 km shimolroqdagi yo‘l qismiga yopirilgan.
Ta'kidlanishicha, trassa asosiy diqqatga sazovor sayyohlik maskanlaridan biri Big Sur orqali o‘tadi.
Shtat ma'muriyati yo‘lda qatnovni to‘sib qo‘ygan, ammo harakat qachon tiklanishiga oydinlik kiritgani yo‘q.

Mavzuga oid
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026
Rubio AQShning Rossiya va Ukraina bilan muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirib qolganini aytdi
20:13 / 22.05.2026
Tobora ko‘proq amerikaliklar Trampning iqtisodiy siyosatidan norozi
19:51 / 22.05.2026