Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya delegatsiyasi bilan investitsiyalar va turizmga oid shartnomalar loyihalari muhokama qilindi
24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida muntazam o‘tkazilib kelinayotgan ikki tomonlama vazirliklararo maslahatlashuvlar doirasida Avstraliya Tashqi ishlar va savdo vazirligi Janubiy va G‘arbiy Osiyo Departamenti boshlarmasi direktori Jyeyms Holl boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Tashqi siyosat idoralari vakillari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga urg‘u bergan holda O‘zbekiston-Avstraliya kun tartibining keng doiradagi masalalarini muhokama qilishdi.
Delegatsiyalar munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asosini kengaytirish masalalari, jumladan tomonlar ko‘rib chiqayotgan “Investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi” va “Turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi” hukumatlararo shartnomalar loyihalari yuzasidan ham fikr almashishdi.
Uchrashuvda Avstraliya elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Piter Martin Tesh ishtirok etdi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026