Poytaxt mehmonlari va sayrga çiqqan aholi uçun hojatxonalar yetişmaydi. Prezident Şavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida ötgan bugungi yiğilişda şu masalaga e’tibor qaratdi.

Bir oy muddatda alohida dastur işlab çiqib, şu yilning özida har bir tumanda 15-20 ta zamonaviy hojatxona quriş uçun yerlarni auksionga çiqariş vazifasi qöyildi.

Şuningdek, çiqindi qutilarini keskin köpaytiriş böyiça ham çoralar köriladi.

Avtobus bekatlari, vokzal, aeroport va metro stansiyalarida sayyohlar uçun şahar marşrutlarini körsatuvçi, telefonga bepul va oson yuklab olinadigan xaritalarni joriy etiş topşirildi.

Sun’iy köllar qurilişi boşlanmoqda

Ma’lum qilinişiça, poytaxtda aholi va turistlar uçun salqin mikroiqlim yaratiş maqsadida 12 ta sun’iy köl barpo etiş işlari boşlanmoqda. Şundan 3 tasi Sergelida – Qöşqörğon, Sultonobod va Faroğatli mahallalarida jami 22 gektar maydonda taşkil etiladi.

Uşbu köllarni poytaxt iqlimini mö’tadil saqlaşga, odamlar piyoda sayr qilib, hordiq çiqarişiga xizmat qiladigan maskanlarga aylantiriş vazifasi qöyildi.

Şuningdek, “Jön” kanalining Sergeli va Yangihayot tumanlaridan ötgan 5 kilometr qismini betonlaştiriş boşlangani qayd etildi.

Sergeli va Yangihayot tumanlarining hokimlariga yil yakunigaça kanal böyida sayilgoh va salomatlik yölagini taşkil etiş topşirildi.

Çirçiq daryosining poytaxt hududidan ötgan 16 kilometrida özanni mustahkamlaş işlari boşlanib, qöşimça 300 gektarda “yaşil belboğ”, sayilgohlar, piyodalar va velosiped yölaklari taşkil etiladi.