Jahon | 11:29 / 24.05.2017
12772
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Rossiyada ishlash uchun mehnat migrantlarini tanlab olishda RF IIV xodimlari ham qatnashadi

Foto: RIA "Novosti"

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya IIV rahbari Vladimir Kolokoltsevni qabul qildi. Bu uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya IIV rahbarlari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolanganidan so‘ng bo‘lib o‘tdi.

"Migratsiya sohasida yuzaga kelayotgan jiddiy muammoli masalalar “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy yollash haqidagi Kelishuv”ni olib tashlash, shuningdek, migratsiya sohasida tegishli idoralar vakolatxonalarini ochish imkonini beradi", - deya Kolokoltsevning so‘zlarini keltiradi "Komsomolskaya pravda".

Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekiston hududida mehnat migrantlarini tanlab olishda Rossiya IIV xodimlari ham ishtirok etadi, ular Rossiyadan Toshkentda ishlash uchun ish safariga yuboriladi.

"O‘zbekiston ichki ishlar vaziri general-mayor Abdusalom Azizovning Vladimir Kolokoltsev bilan uchrashuvi chog‘ida Rossiya tomoni O‘zbekistonda huquq-tartibot faoliyatini olib borish bo‘yicha RF IIV vakili lavozimini joriy etishni taklif qildi. Ushbu taklif qo‘llab-quvvatlandi", - deya ta'kidlab o‘tdi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid