14:36 / 25.05.2017
5590

Davlat mulki obektlarini boshqarishni ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

2017 yilning 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obektlarini boshqarishni ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan davlat mulki obektlaridan oqilona foydalanish maqsadida qator davlat obektlarini xususiy mulkka aylantirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, davlat mulki obektlarini baholash jadvalini tasdiqlash va bir oylik muddatda savdoga qo‘yish vazifasi topshirildi.

Qaror bilan xo‘jalik boshqaruvi organlari ustav kapitaliga beriladigan davlat mulki obektlari, davlat organlari tomonidan tezkor boshqaruv huquqi asosida beriladigan obektlar ro‘yxati tasdiqlandi. 

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi mahalliy hokimiyatlar va boshqa manfaatdor vazirliklar bilan ijtimoiy infratuzilmadagi davlat obektlari inventarizatsiyasini o‘tkazdi.

Mavzuga oid
Top