O‘zbekiston | 19:03 / 25.05.2017
7771
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi tashkil etilmoqda

O‘zbekiston xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tuzilmasida tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi tashkil etilmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati Vazirlar Mahkamasining 18 apreldagi qaroriga asosan xabar berdi.

Markaz xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun o‘quv kurslari tashkil etadi. Ular biznes yuritish asoslari, biznes-rejalarni ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyatidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitiladi.

Markaz tadbirkorlarga xodimlarni tanlash va ularni o‘qitish hamda professional malakasini oshirishda ham ko‘mak ko‘rsatadi.

Tadbirkorlik faoliyati asoslariga o‘qitish Respublika markazi quyidagi manzil bo‘yicha joylashadi: Toshkent shahri, Chilanzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 55 uy.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid