Jamiyat | 18:21 / 26.05.2017
21547
3 daqiqa o‘qiladi

26 maydan Toshkentdagi qator masjidlarda xatmonalar boshlanadi

Foto: Qadriyat.uz

O‘zbekiston masjidlarida bugundan taroveh namozlari boshlanadi. Toshkent shahri masjidlarida xufton namozi soat 21:30 da boshlanadi. Bu haqda Qadriyat.uz yozmoqda.

Barcha masjidlarimizda Ramazon oyiga tayyorgarlik avjida. Taroveh namozlarini huzur bilan ado etish uchun sharoitlar qilinmoqda.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joylashgan “Minor” masjidida xatmona 20 kunlik etib belgilangan. Jahongir qori Ne'matov, Abdulbosit qori Qobilov va Muhammadloyiq qori Aminov xatmga o‘tadilar.

“Mirza Yusuf” (Bodomzor) masjidida xatmona 27 kunlik etib belgilangan. Xatmga Sadriddin qori Hamidov o‘tadi.

Shayxontohur tumanida joylashgan “Shayx Zayniddin” (Ko‘kcha) masjidida xatmona 21 kunlik etib belgilangan. Nasrullo qori Halimov va Davron qori Karimov xatmga o‘tadilar.

“Xo‘ja Alambardor” (Kamolon) masjidida Husaynxon qori Abdumajidov, Ahmadrizo qori Qobilov va Biloliddin qori Umarov xatmga o‘tadilar.

“Firdavs” masjidida xatmona 30 kunlik etib belgilangan. Xatmga “XXVII Qorilar musobaqasi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi Abdulaziz qori Rahmonberdi o‘tadi.

Yashnobod tumanida joylashgan “Islom ota” masjidida xatmona 21 kunlik etib belgilangan. Hasanxon qori Abdumajidov, Avazbek qori Halimov va Anvar qori  Zaitov xatmga o‘tadilar.

Olmazor tumanida joylashgan “Hazrati Imom” masjidida xatmona 15 kunlik etib belgilangan. Abdulbasir qori Kamolov, Ismoiljon qori Qurbonov va Ahmadxon qori Alimov xatmga o‘tadilar.

“Mirza G‘olib” masjidida xatmona 15 kunlik etib belgilangan. Xatmga XXVI Qorilar musobaqasi» ko‘rik-tanlovi g‘olibi A'lo qori Nuriddinov o‘tadi.

“To‘xtaboy” masjidida xatmona 27 kunlik etib belgilangan. Xatmga Rahmonjon qori Mahkamov o‘tadi.

Yakkasaroy tumanida joylashgan “Rakat” masjidida xatmona 20 kunlik etib belgilangan. Jasur qori Qulboyev va Mutallibxon qori Boymirzayev xatmga o‘tadilar.

Chilonzor tumanida joylashgan “Novza” masjidida xatmona 30 kunlik etib belgilangan. Xatmga XXV Qorilar musobaqasi» ko‘rik-tanlovi g‘olibi Abdussamad qori Tojiddinov o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid