Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr muftiysi terroristlarning avtobusga hujumini dinga xiyonat deb atadi
Misr bosh muftiysi Shauki Allam juma kuni xristianlarning avtobusiga uyushtirilgan hujumni qattiq qoraladi va bu hujumni uyushtirgan terrorchilarni dinga xiyonat qilishda aybladi.
Mamlakat bosh diniy rahnamosining so‘zlariga ko‘ra, bu "jirkanch hodisa"dir.
"Bu xoinlar dinning va insoniy qadriyatlarning barcha tamoyillarini toptashmoqda. Ular o‘z terrorchilik harakatlari bilan begunoh kishilarni o‘ldirishmoqda va bizning vatandosh birodarlarimiz bo‘lmish xristianlar bilan munosabatlarni buzishmoqda", deyilgan Misr bosh muftiysining bayonotida.
Bugun tongda Misr markazida, Muqaddas Samuil monastiri joylashgan hududda 3ta avtomobilda bo‘lgan noma'lum shaxslar Al-Minya viloyatidagi Al-Addava aholi punktidan Beni-Sueyfadagi monastirga ketayotgan koptlarning avtobusini avtomatlardan o‘qqa tutdi. Ushbu hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 28 nafarni tashkil qilmoqda, shuningdek, 20 kishi jarohatlangan. Qurbonlarning aksar qismi bolalar bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026