17:58 / 26.05.2017
6151

Sony Xperia X seriyasidagi smartfonlarni ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda

Yaponiyaning Sony korporatsiyasi o‘rta premium sinfdagi smartfonlar bozoridan chiqishi haqida ma'lum qildi va 2016 yilda taqdim etilgan Xperia X hamda Xperia X Compact qurilmalarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi. O‘rta qiymatga ega smartfonlarni sotish jiddiy daromad olib kelmadi. Hattoki Sony korporatsiyasi vatani bo‘lmish Yaponiyada smartfonlar faqatgina taxmin qilingan hajmning 85 foizlik natijasini ko‘rsatgan. Dunyo bo‘ylab umumiy savdolar rejalashtirilgan ko‘rsatkichning yarmiga ham yetib bormadi va 43 foizlik darajada saqlanib qoldi.

Sony kompaniyasi sarmoyadorlarining joriy yildagi yig‘ilishida flagman smartfonlari va o‘rta narx qiymatidagi mobil qurilmalarni ishlab chiqarishga e'tibor qaratish haqida qarorga kelindi (flagmanlar - Xperia XZ Premium va Xperia XZs, hamda “o‘rtachalar” - Xperia XA1 va XA1 Ultra). Shu bilan birga, korporatsiyada o‘z patent ishlanmalari mavjud bo‘lgan eksklyuziv texnologiyalardan foydalanish rejalashtirilgan. Masalan, Motion Eye videokamerasi soniyasiga 960 ta kadrni sekinlashtirgan chastota bilan suratga olish imkoniyatiga ega. Sony’ning noyob texnologiyalari ichida HDR texnologiyasiga ega 4K-monitor ham bor. Bundan tashqari, ma'lumotlarni 1 GB/s.ga qadar yetkazib berishi mumkin bo‘lgan ishlanma ham ancha istiqbolli.

Sony korporatsiyasi joriy yilda Xperia XZ1 va Xperia XZ1 Compact smartfonlarini taqdim etadi. 

Mavzuga oid
Top