Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida talonchilik qilgan ikki do‘st javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasiga ko‘ra, talonchilik – o‘zganing mulkini oshkora talon-taroj qilish hisoblanadi va tegishli tartibda jazolanadi.
Yoshlar o‘rtasida bu jinoyatga qo‘l urish ko‘p hollarda boshqalarga ko‘r-ko‘rona ergashish, jinoiy qilmishning oqibatini to‘la anglab yetmaslik yoki qasddan ushbu jinoyatga qo‘l urish kabi holatlarda namoyon bo‘ladi. Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatining xabar qilishicha, doimiy ravishda ko‘cha-ko‘yda bemaqsad yuradigan, mayda bezorilik sodir etishga moyil o‘smir va yoshlar tomonidan ushbu turdagi jinoyatlar ko‘p sodir etilmoqda.

Shunday talonchilik jinoyatlaridan biri ikki nafar og‘ayni – 1992 yilda tug‘ilgan J. M. va 1996 yilda tug‘ilgan B.B. 2017 yil 25 aprel kuni oqshom chog‘i ko‘chaning xilvat joyida 1993 yilda tug‘ilgan S. X.ga hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, uning 700 000 so‘mlik “Samsung galaksi-3 mini” rusumli qo‘l telefonini ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib voqea joyidan yashirinishgan.
Olib borilgan tezkor-tergov ishlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan J.M. va B.B. ushlanib, Jinoyat Kodeksining tegishli moddasiga ko‘ra, javobgarlikka tortildi.
Achinarlisi, bitta uyali telefonga noqonuniy egalik qilish istagida bo‘lgan ikki inson kelajagiga putur yetib, ularga jinoyatchi, degan tamg‘a bosildi.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
09:25 / 14.07.2026
Zangiotada soliqchi, Buvaydada muhandis pora bilan ushlandi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026