2025 yil sentabr oyida Toşkent viloyati boğçalarida kuzatilgan bolalarning ommaviy zaharlanişi yuzasidan sud jarayoni yakuniga yetdi.

Bugun, 14 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Böka tuman sudi 11 nafar sudlanuvçini Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunçilikni yoki epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buziş) 1-qismi bilan aybli deb topdi.

Sud hukmi bilan, quyidagi şaxslar 3,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi:

  • R.O. (erkak, 1985 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, “Shark Milk Product” MÇJ direktori)

  • A.S. (erkak, 1987 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, “Shark Milk Product” MÇJ boş texnologi)

  • R.X. (erkak, 1982 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, “Shark Milk Product” MÇJ texnologi).

Quyidagi şaxslar 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi:

  • S.S. (erkak, 1985 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, “Shark Milk Product” MÇJ ta’sisçisi va sotuv bölimi menejeri)

  • F.O. (erkak, 1990 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, “Shark Milk Product” MÇJ ta’sisçisi va direktori örinbosari)

  • M.N. (erkak, 1991 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan, “Shark Milk Product” MÇJ texnologi yordamçisi)

Quyidagi şaxslarga 3 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi:

  • J.X. (erkak, 1993 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan, “Governess Business” MÇJ direktori)

  • I.S. (erkak, 2000 yilda Sirdaryo viloyatida tuğilgan, “Innavation Outsourcing Servise” MÇJ direktori)