Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 mamlakatlari Rossiya va Eronni Suriya hukumatiga ta'sir o‘tkazishga chaqirdi
G7 mamlakatlari davlat rahbarlari Rossiya Federatsiyasi va Eron Islom respublikasi hukumatlarini o‘t ochishni to‘xtatish borasida rasmiy Damashqqa ta'sir o‘tkazishga chaqirishdi. Ularning ishonch bildirishlaricha, "Ostona" qarorlari vaziyatni tubdan murakkablashuvi va keskinlashuviga olib keladi.
“Katta yettilik” sammiti yakunida qabul qilingan deklaratsiyada shu haqda so‘z boradi.
Bundan tashqari, G7 mazkur hujjatda Mo‘sul va Raqqadagi IShID jangarilariga qarshi kurashni davom ettirish istagini bildirdi.
G7 davlat rahbarlari IShIDning Suriya va Iroqdagi sonini qisqartirish borasida olg‘a siljishga erishilganini qayd etishdi. Shu bilan birga, ular Iroqning Mo‘sul va Suriyaning Raqqa shaharlarini terrorchilardan ozod qilish amaliyotlarini davom ettirishga tayyorliklarini bildirishgan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026