Marosim olti kun davom etgan motam tadbirlarining yakuniy qismi böldi. Xominaiy AQŞ va Isroil tomonidan uning qarorgohiga amalga oşirilgan havo hujumi oqibatida halok bölgani ma’lum qilingan edi.

Xominaiy Maşhad şahrida joylaşgan Imom Rizo maqbarasi hududida dafn etildi. Bu majmua şia musulmonlari uçun eng muqaddas ziyoratgohlardan biri hisoblanadi va har yili millionlab ziyoratçilarni qabul qiladi. Şuningdek, havo hujumi vaqtida halok bölgan Xominaiyning oila a’zolari ham şu yerga qöyildi.

Mazkur maqbarada 2024 yilda vertolyot halokatida vafot etgan Eronning sobiq prezidenti Ibrohim Raisiy ham dafn etilgan.

Möjtabo Xominaiy hali ham jamoatçilikka çiqmadi

Motam marosimlari davomida Ali Xominaiyning öğli Möjtabo Xominaiy biror marta ham omma oldida köriniş bermadi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, oliy rahbar lavozimi unga ötgan bölsa-da, u 28 fevral kuni amalga oşirilgan havo hujumidan buyon jamoatçilik oldiga çiqmagan.

Turli ommaviy axborot vositalari uning uzoq vaqt körinmasligiga oid turli taxminlarni ilgari surmoqda. Ayrim manbalarga köra, u hujum vaqtida oğir jarohat olgan, biroq öz vazifalarini bajariş imkoniyatini saqlab qolgan. Yana bir versiyaga köra, Isroil tomonidan ehtimoliy yangi hujum xavfi tufayli Eron rahbariyati uning xavfsizligini ta’minlaş maqsadida jamoat oldiga çiqişini çeklagan.

Eronning Fars agentligi ma’lum qilişiça, Möjtabo Xominaiy 19 iyul kuni Qum şahrida bölib ötadigan yana bir xotira marosimida birinçi marta omma oldiga çiqişi kutilmoqda. Uşbu tadbirda u otasi xotirasiga bağişlangan nutq sözlaşi rejalaştirilgan.

Motam tadbirlari bir neça şaharda ötkazildi

Ali Xominaiy bilan xayrlaşuv marosimlari 4 iyul kuni boşlandi. Dastlab uning tobuti Tehrondagi marosimga qöyildi. Keyin esa Qum şahriga, şundan söng Iroqning şialar uçun muqaddas hisoblangan Najaf va Karbalo şaharlariga olib borildi.

Eron rasmiylari ma’lumotiga köra, faqat Tehron şahridagi xayrlaşuv marosimida 20 milliongaça odam qatnaşgan.

AQŞ va Eron örtasidagi vaziyat yana keskinlaşdi

AQŞ prezidenti Donald Tramp 4 iyul kuni Vaşington Erondagi motam marosimlari munosabati bilan muzokaralarda bir haftalik tanaffus qilganini bildirgan edi. U, şuningdek, Xominaiy bilan xayrlaşiş uçun yiğilgan odamlar soni kutilganidan ança köp bölganini aytgan.