Qamaşi tumanidagi “Oçil öğli Eşboy” fermer xöjaligining 17 gektar yer maydoni boşqa fermerlarga berildi-yu, xöjalikda iş yurituvçi bölib işlagan Örol Pardayevning halovati buzildi. Albatta, bu bejiz emas edi...
“Huquq” gazetasining yozişiça, O‘.Pardayev xöjalikka iş yurituvçi bölgaç, e'tiborni xöjalikni rivojlantirişga emas, balki lavozimidan foydalanib, şaxsiy maqsadlari uçun daromad topişga qaratdi.
Xöjalik yerlari ança unumdor, buning ustiga suvli yerlar hisoblanadi. Tabiiyki, bunday yerga talabgorlar köp. Ayniqsa, ana şunday joydan tomorqa uçastkasi olişni xohlaydiganlar istagança topiladi. Örol Pardayev buni bilib, turar joy va tomorqa uçun yer sotilayotgani haqida atayin qişloqda miş-miş tarqatdi. Köp ötmay, fuqaro Qudrat Xolmurodov birinçi xaridorga aylandi. O‘.Pardayev öylab ötirmasdan, unga bir gektar yerni 12 million sömga sotib yubordi. Q.Xolmurodov hujjat işlari xususida söz oçganida, iş yurituvçi tuman hokimligida mansabdor tanişlarini borligini, ular orqali yerni hujjatlaştirib berişini bildirdi.
Q.Xolmurodov uning gapi bilan ajratilgan yer maydoniga hovli-joy qurdi. Hududni devor bilan örab olib, dehqonçilik qila boşladi. Bu paytda O‘.Pardayev qolgan yerga xaridor izlaş bilan band böldi.
Omondavlat Jonquvvatov ham boğdorçilik bilan şuğullaniş maqsadida yer izlab yurgandi. O‘.Pardayev yer sotayotganligi xususida eşitib, 2016 yilning fevral oyida uning yoniga bordi. Maqsadini tuşuntirib, yer söradi.
- Harholda hamqişloqmiz, sizni aldamayman. Istagan joyingizdan yer ajratib beraman, - dedi O‘.Pardayev fermer xöjaligi yerlarini körsatib.
- Narxi qança böladi? – O.Jonquvvatov garçi narx-navo haqida odamlardan eşitgan bölsa-da, aniqlaştirib oliş maqsadida yana söraşdan erinmadi.
- El qatori beraverasiz. Ya'ni gektari 12 million söm böladi. Hujjatlari masalasida könglingiz xotirjam bölsin, ularni özim rasmiylaştirib beraman.
O.Jonquvvatov rozi bölib, pulini sal keyinroq beriş şarti bilan işni boşladi. Iş yurituvçi unga şudgorlangan yerdan bir gektar maydonni ajratib berdi. U esa bu yerga beda ekdi.
Köp ötmay, işlar teskarisiga aylanib ketdi. Fermer xöjaligi tugatilib, unga tegişli bölgan yer maydoni tuman hokimligining zaxira yer fondi hisobiga ötkazildi. Aslida esa mazkur fermer xöjaligi sal avval tugatilgan bölib, uning yer maydoni tuman hokimining 2015 yil 18 noyabrdagi qarori bilan “Daştobod zarbdori” fermer xöjaligi ixtiyoriga ötkazilgandi. Endilikda iş yurituvçi sotgan yerlar ham yangi xöjalikka tegişli edi. O.Jonquvvatov buni bilgaç, yerni sotib olişdan voz keçdi. O‘.Pardayevning paytavasiga qurt tuşdi. Bir tomondan yaxşigina daromaddan ayrilganiga xunob bölsa, boşqa tomondan sotib yuborilgan yerlar bilan boğliq yuzaga keladigan muammolar xavotirini oşirdi. Jim tursa boşiga ğalvalar tuşişi, jinoyati foş bölişi şubhasiz. Endi nima qiliş kerak?
Örol Pardayev suriştirib, yerning yangi egasi “Daştobod zarbdori” fermer xöjaligi rahbari Zafar Eşquvatov ekanligini aniqladi. Keyin Z.Eşquvatovga uçraşib, undan odamlarga sotgan yerlariga teginmasligini, ekin ekmasligini söradi. Ammo fermer bunday qila olmasligini, çunki yer maydoniga çigit ekiş uçun şartnoma tuzib qöyganligini tuşuntirdi.
- Ogohlantirib qöyay, agar men sotgan yerga ekin ekadigan bölsang, sening ham, otangning ham ustidan yozib, şarmandalaringni çiqaraman, - O‘.Pardayev tahdid qilib, uni fikridan qaytarişga urindi.
Z.Eşquvatov fermerlik nima ekanligini, öz haq-huquqlarini yaxşi bilardi. Şu sababli tahdidlarga parvo qilmay, yerni şudgorlab taşladi. O‘.Pardayev bölsa “yaxşi gapga könmagan” fermerning ustidan turli idoralarga şikoyat xatlar yozişga tuşdi. Yolğon va tuhmatlardan iborat murojaatlar tegişli idoralar tomonidan bir neça bor tekşirildi. Biroq O‘.Pardayev yozişdan töxtamadi.
- Aytganimga könmasang, ustingdan yozaveraman. Yaxşisi sotgan yerlarimdan qölingni tort. Ana şunda da'voim yöqligi töğrisida ariza yozişim mumkin.
Z.Eşquvatov dağdağalardan çöçimay, işlaşda davom etdi. Bu orada yerni sotib olganlar öz roziligi bilan qaytarib berişdi. Ammo O‘.Pardayev otdan tuşsa ham, egardan tuşmay turaverdi. Şikoyat ustiga şikoyat yozib, odamlarning tinçini buzdi.
Har bir işning oxiri böladi. Mazkur mojarolar sudga qadar yetib bordi. Şundan söng O‘.Pardayevning aqli joyiga tuşdi. Ammo endi keç bölgandi.
Jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudi tomonidan Örol Pardayevga qilmişi uçun eng kam oylik iş haqining 55 baravari miqdorida jarima va 5 yil muddatga ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlandi.











