Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga doir yana bir qarorni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida navbatdagi qarorni imzoladi. Prezident 2017 yil 22 may kuni Koreya Respublikasi hukumat grantini jalb qilgan holda «O‘zbekistonda past haroratli saqlash kameralarini joriy qilish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish choralari to‘g‘risidagi qarorini imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
«O‘zbekistonda past haroratli saqlash kameralarini joriy qilish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish choralari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida:
1. Koreya Respublikasi hukumatining quyidagilarni nazarda tutuvchi «O‘zbekistonda past haroratli saqlash kameralarini joriy qilish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash» loyihasi (keyingi o‘rinlarda – Loyiha)ni moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga 3,5 mln AQSh dollari miqdorida grant ajratishni ma'qullagani ma'lumot uchun qabul qilinsin:
maxsus muzlatgich qurilmalari, materiallar va transport vositalarini yetkazish, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida umumiy sig‘imi 1000 tonna bo‘lgan «Agroinnovatsiya» davlat unitar korxonasini sovutgich kameralarini qurish va foydalanishga topshirish;
«Agroinnovatsiya» davlat unitar korxonasi tomonidan yangi meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashni tashkil etish, shuningdek, sovutgich kameralaridan samarali foydalanish maqsadida Toshkent viloyatining tadbirkorlik sub'yektlari, dehqon va fermerli xo‘jaliklariga meva-sabzavotlarni saqlash xizmatini ko‘rsatish;
O‘zbekistondagi mutaxassislarga ilg‘or tajribani o‘zlashtirish, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va xodimlarini meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha zamonaviy texnologik uskunalardan foydalanish va ulardan samarali foydalanishni o‘rgatish.
2. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini loyihani amalga oshirish hamda loyiha doirasida barpo etilayotgan sovutgich kameralaridan samarali va maqsadli foydalanish uchun mas'ul organ sifatida belgilash.
3. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ta'minlasin:
Koreya tomoni bilan kelishilgan muddatda Koreya Respublikasi hukumatining grantini olish uchun barcha zaruriy talablarni o‘z vaqtida bajarish;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Koreya Respublikasi qishloqlarni rivojlantirish Koreya korporatsiyasi bilan 2016 yil 8 apreldagi muhokamalar Protokoliga muvofiq loyihani amalga oshirish;
Loyiha doirasida Koreya Respublikasi granti hisobiga yetkazib beriladigan mablag‘larning samarali va maqsadli foydalanishini hamda uskunalar va materiallarning saqlanishini ta'minlash.
4. Ozod etilsin:
Loyiha doirasida Koreya Respublikasi hukumati granti hisobiga olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlardan tashqari), qo‘shimcha qiymat solig‘i, davlat maqsadli fondlariga majburiy to‘lovlardan;
Loyiha doirasida yetkazib beriladigan transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan;
Koreya Respublikasining loyihani O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirishda ishtirok etuvchi fuqarolari jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig‘idan.
5. «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ Koreya Respublikasi hukumati granti doirasida keltirilgan tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi aeroportlar va temir yo‘l stansiyalarida yukka xizmat ko‘rsatish va uni saqlash uchun to‘lovlar olmasdan yuklash va tushirish, shuningdek saqlash ishlarini amalga oshirishni ta'minlasinlar.
6. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi so‘rovi bo‘yicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga vizalarni konsullik va boshqa to‘lovlarni olmasdan rasmiylashtirsin
7. Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi so‘rovi bo‘yicha loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy fuqarolarga ko‘pmartalik vizalarini berish va uzaytirish, ularni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish muddatini uzaytirishni davlat bojlarini olmasdan ta'minlash.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z. Mirzayevga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026