O‘zbekiston | 20:21 / 27.05.2017
12515
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan eksport jarayoni soddalashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar eksportini yanada rag‘batlantirish va raqobatdoshligini ta'minlash bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi farmoni e'lon qilindi.

Farmon bilan 2017 yilning 1 iyunidan boshlab xo‘jalik sub'yektlariga o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (yangi meva-sabzavot mahsuloti, uzum, poliz ekinlari kabilardan tashqari) xorijiy valyutada boshlang‘ich to‘lovsiz eksportini amalga oshirish, akkreditiv ochish, bank kafolatini rasmiylashtirish va eksport shartnomasini sug‘urtalash bo‘yicha polisga huquq quyidagi shartlarga amal qilgan holda siyosiy va tijoriy xatarlardan kelib chiqib berildi: 

- shartnoma summasi 100 ming AQSh dollaridan oshishi kerak emas;

- valyuta tushumining majburiy topshirilishi tovarlarni eksport qilgandan 90 kun davomida ta'minlanishi zarur.

O‘zi ishlab chiqargan tovarni keyinchalik eksport qilish ushbu bandosti shartlariga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Bunda eksportchi-tashkilotning eksport bo‘yicha debitorlik qarzdorligi bo‘lmasligi kerak.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida eksport-importiga litsenziya beriluvchi maxsus tovarlar ro‘yxatdan zargarlik mahsulotlari olib tashlandi.

Ushbu farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid