Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch final. London derbisi, Enrikening so‘nggi imkoni hamda omadli jamoalar finali
Bugun 27 may kuni Angliya, Ispaniya hamda Germaniyada kubok o‘yinlari o‘tkaziladi.
“Ayntraxt Frankfurt” – “Borussiya Dortmund” 27 may, 23:00 (Toshkent)
Finalga yo‘l
“Ayntraxt”finalga chiqish uchun ancha ter to‘kdi. Jamoa o‘tkazgan 5ta bahsning 3tasida penaltilar seriyasi orqali g‘oliblikka erishdi. Jamoa “Magdeburg”, “Ingolshtadt”, “Gannover” “Arminiya” hamda “Borussiya Myonxengladbax” ustidan g‘alaba qozonib finalga chiqdi.
“Borussiya” ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun o‘yinlarda ikki bor penaltilar seriyasida “omadini sinab ko‘rdi”. Dortmundliklar “Ayntraxt Trir”, “Union”, “Herta”, “Shportfroynde Lotte” hamda “Bavariya”ni mag‘lub etib, finalga chiqishdi.
O‘zaro o‘yinlar

Bundesligadagi o‘yinlarda jamoalar o‘z uyida g‘alabaga erishishga muvaffaq bo‘lishdi. “Borussiya” o‘z uyida 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Ayntraxt” o‘z maydonida 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Taxminiy tarkiblar

O‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar
“Ayntraxt” tarkibida Volf, Maskarel, Xasebe hamda Shtendera o‘tkazib yuboradi. Ordenezning o‘yindagi ishtiroki esa so‘roq ostida turibdi.
“Borussiya” safida Vaygl hamda Larsen o‘yidnda ishtirok eta olmaydi. Gyottse, Pishchek, Shmeltser hamda Shyurrlening finaldagi ishtiroki so‘roq ostida turibdi.
“Arsenal” – “Chelsi” 27 may, 21:30 (Toshkent)
Finalga yo‘l
Jamoalar musobaqani 1/32 finalidan boshladi.
“Arsenal” final yo‘llanmasini “Preston", "Sauthempton", "Satton Yunayted", "Linkoln Siti"va "Manchester Siti"ni taslim etib qo‘lga kiritdi. Jamoa 5ta o‘yinda raqib darvozasiga 16ta gol kiritib, o‘z darvozasidan ikki bor to‘p o‘tkazib yubordi.
“Chelsi” finalga "Peterboro Yunayted", "Brendford", "Vulverhempton", "Manchester Yunayted" va "Tottenhem" jamoalarini mag‘lub etib chiqdi. “Chelsi” esa 5ta o‘yinda raqiblar darvozasini 15 marotba ishg‘ol qilgan bo‘lsa, o‘z darvozasidan 3ta gol o‘tkazib yubordi.
O‘zaro o‘yinlar

Jamoalar ushbu mavsumda 2 marotaba o‘zaro to‘qnash kelib, 1tadan uy o‘yinidagi g‘alabani qayd etishdi. “Arsenal” Aleksis Sanches, Teo Uolkott hamda Mesut O‘zilning gollari evaziga 3:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, “Chelsi” 3:1 hisobida g‘olib chiqqan o‘yinda Markos Alonso, Eden Azar va Sesk Fabregasning gollariga kanonirlar tarkibida Olive Jiru 1ta gol bilan javob qaytardi.
Taxminiy tarkiblar

O‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar
“Arsenal” tarkibida Gibbs, Koselni, Paulista hamda Reyne o‘yinni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lsa, Mustafi hamda Chemberlenda finalda maydonga tushish uchun imkon bor.
“Chelsi” tarkibida o‘yinda ishtirok eta olmasligi aniq futbolchilar yo‘q. Faqatgina Loftus-Chik final o‘yinida ishtirok eta olmasligi mumkin.
“Barselona” – “Alaves” 28 may, 00:30 (Toshkent)
Finalga yo‘l
Ispaniya kubogi joriy mavsum so‘nggida jamoani tark etadigan kataloniyaliklar bosh murabbiyi Luis Enrikega mavsumni sovrin bilan yakunlash uchun so‘nggi imkon bo‘ladi.
"Barselona” finalga “Herkules”, “Atletik Bilbao”, “Real Sosedad” va “Atletiko Madrid” ustidan g‘alaba qozonib chiqdi. “Alaves” esa “Himnastik”, “Deportivo”, “Alkorkon” va “Selta”dan ustun kelib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
O‘zaro o‘yinlar

Jamoalar ushbu mavsumda La-Liga doirasida o‘zaro kuch sinashib, har ikki o‘yinida ham mehmonlar g‘alaba qozongan. 1-davrada “Barselona” “Nou Kamp”da “Alaves”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, 2-davra o‘yinida mehmonda raqib darvozasiga javobsiz 6ta gol urdi.
Taxminiy tarkiblar

O‘yinni o‘tkazib yuboradigan futbolchilar
“Barselona” tarkibida uchrashuvni Rafinya, Serxi Roberto hamda Luis Suares o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Jyeremi Matyoning ham maydonga tushishi so‘roq ostida.
“Alaves” tarkibida Eynar Galilea hamda Viktor Laguardiya finalda jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek, Serxio Lyamas va Rodrigo Elining finaldagi ishtiroki borasida aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
14:18 / 01.06.2026
«Keyingi yil YeChL uchun qaytamiz». «Arsenal» Londonda chempionlik paradi o‘tkazdi
15:43 / 31.05.2026
Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
12:01 / 25.05.2026