00:03 / 28.05.2017
12081

Wenger in. «Arsenal» yil o‘yinida kubokka ega bo‘ldi

«Arsenal» Angliya Kubogi uchun final uchrashuvida yakunlangan mavsum chempioni «Chelsi»ga qarshi o‘ynadi. Londondagi «Uembli» stadionida kechgan uchrashuv Arsen Venger shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 4-daqiqasida Aleksis Sanches Kantening xatosidan keyin to‘pni olib qo‘yib, «Chelsi» jarima maydoniga kirib bordi va Kurtuani dog‘da qoldirdi. O‘yin hakami bu vaziyatda Aron Remzi to‘pga tegmagani uchun ofsayd qayd etmadi va golni hisobga oldi. O‘yinning birinchi bo‘limi Venger shogirdlarining to‘la ustunligida o‘tdi, lekin hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtasida Viktor Mozes simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmasdan Diyego Kosta hisobni tenglashtirib, o‘yinga intrigani qaytardi. Ammo ikki daqiqa o‘tib, 79-daqiqada Aaron Remsi maydonga endi tushirilgan Olive Jiruning pasini golga aylantirib, bu intrigani yo‘qqa chiqardi. «Kanonirlar» qolgan vaqtda to‘la ustunlikka erishib, g‘alabani saqlab qoldi.

Shu tariqa, «Arsenal» Angliya Kubogini 13-marta qo‘lga kiritdi va «Manchester Yunayted»ni ortda qoldirdi. «Chelsi»ning bu turnirdagi chempionligi soni 7taligicha qoldi.

«Arsenal» - «Chelsi» 2:1
Gollar: 1:0 – 4 Sanches, 1:1 – 76 Diyego Kosta, 2:1 – 79 Remzi.
Arsenal – Ospina, Mertesaker, Monreal, Belerin, Xolding, Chaka, Oksleyd-Chemberlen (Koklen, 82), O‘zil, Remzi, Sanches, Uelbek (Jiru, 78).
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich (Fabregas, 61), Mozes, Pedro (Villian, 72), Kante, Azar, Diyego Kosta (Batshuayi, 88).
Ogohlantirishlar: Remzi (9), Xolding (53), Mozes (57), Kante (59), Djaka (81), Koklen (83).
Chetlatish: Mozes (68).

Top