Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada va Britaniyada kuchli dovul qayd qilindi
29 may kuni Fransiya va Buyuk Britaniyada kuchli dovul kuzatildi. Mahalliy meteorologlarning ma'lum qilishicha, minglab yevropaliklar tungi vaqt aql bovar qilmas darajada kuchli gumburlash ovozlaridan uyg‘onib ketishgan. Internetda esa osmonda chaqmoqning alanga kabi yonib o‘tishi tasvirlangan lavhalar joylashtirilgan.
"Fransiyada 40 ming chaqmoq qayd qilindi, 2 soatdan keyin esa dovul Britaniyaga o‘tgan", deb yozdilar jurnalistlar. OAVda ma'lum qilinishicha, dovul Britaniyada Uels maydonidan kattaroq hududni qoplab olgan.
Britaniyaning Kent grafligida chaqmoq urishdan bir necha uyga shikast yetgan.
Yaqin kunlarda Britaniyada jala, kuchli shamollar va do‘l bo‘lishi kutilmoqda.
Dovul oqibatida jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida hozircha ma'lumot berilmagan.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:58 / 09.07.2026