Fransiya içki işlar vaziri Loran Nunesning ma’lum qilişiça, qölga olingan ikki şaxsga nisbatan «qasddan yoki ehtiyotsizlik bilan yonğin keltirib çiqariş» moddalari böyiça tergov olib borilmoqda.
Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçilardan biri 18 yoşli yigit bölib, u avval sudlanmagan. Uni uşlaş vaqtida qöllari qurum bilan qoplangani, yonidan esa yondirgiç (zajigalka) topilgani aytilmoqda.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga köra, bu Parij atrofidagi sönggi yillardagi eng yirik örmon yonğinlaridan biri hisoblanadi. Tabiiy ofat natijasida 1300 gektardan ziyod örmon maydoni yongan, taxminan ming nafar kişi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan.
Yonğinni bartaraf etiş işlariga 600 nafar öt öçiruvçi jalb qilingan. Şuningdek, maxsus aviatsiya ham işga tuşirilib, törtta Canadair samolyoti, ikkita Dash samolyoti va uçta vertolyot yordamida yonğin öçirilgan. Qutqaruv operatsiyasi rahbari Jan-Mark Sikarning ma’lum qilişiça, havodan jami 187 marta suv taşlangan.
Keçki vaqtga kelib ham yuzlab öt öçiruvçilar yonğin öçoğida navbatçilikni davom ettirgan. Yonğin tufayli bir neçta avtomobil yöllari vaqtinça yopilgan.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, Fransiya joriy yil boşidan buyon uçinçi issiqlik tölqinini boşdan keçirmoqda. Mamlakatda yil boşidan buyon örmon yonğinlari 32 ming gektar yer maydoniga zarar yetkazgan bölib, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan qariyb ikki baravar köpdir.
Fransiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari şu vaqtga qadar qasddan öt qöyiş yoki ehtiyotsizlik bilan yonğin keltirib çiqarişda gumon qilinib, 59 nafar şaxsni qölga olgan. Ular orasida öçirilmagan sigareta qoldiğini taşlab ketiş orqali yonğinga sabab bölganlar ham bor.
Şu bilan birga, Yevropaning Copernicus iqlim xizmati ma’lumotiga köra, 2026 yil iyun oyi Ğarbiy Yevropa kuzatuvlari tarixidagi eng issiq iyun sifatida qayd etildi. Germaniyada esa Robert Kox institutining dastlabki hisob-kitoblariga köra, iyun oyidagi kuçli issiqlik tölqini oqibatida taxminan 5100 kişi vafot etgan.













