O‘zbekiston | 18:10 / 29.05.2017
9115
4 daqiqa o‘qiladi

Poytaxtda yo‘lovchi transporti tizimi qanday rivojlantiriladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 maydagi PQ–2979 sonli qarori bilan Toshkent shahrida elektrlashtirilgan ikki izli xalqa temir yo‘lini qurish tartibi tasdiqlandi. Shu bilan birga, qaror bilan shahar yo‘lovchi transporti tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Loyiha 2017–2021 yillarda yo‘lovchi elektrpoyezdlarini xarid qilishga mutanosib ravishda rivojlantiriladi. Loyihaning umumiy qiymati 320,1 mln AQSh dollari miqdorida bo‘ladi. 

Loyihani samarali amalga oshirish, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish uchun javobgarlik buyurtmachi – «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga yuklangan. «Boshtransloyiha» AJ asosiy loyiha tashkiloti, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning bo‘limi bosh pudratchi sifatida belgilangan.

Loyihani amalga oshirish doirasida uning ishtirokchilari 2022 yil 1 yanvariga qadar quyidagilarni to‘lashdan ozod etilgan:

-  Mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan, xususan, tasdiqlangan ro‘yxat asosida «vaqtincha olib kiriladigan» uskunalar, butlovchi qismlar, ehtiyot qismlari, materiallar, xom ashyo, texnologik hujjatlar, jihozlash, yo‘lovchi elektropoyezdlar va uskunalar, ularga kafolat muddati davomida olib kiriladigan ehtiyot qismlar va  metall prokat bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari);

-  Tovarlar, ishlar (xizmatlar), shu jumladan O‘zbekiston norezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan ishlar (xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘idan;

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi va Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari ta'lim va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar va yig‘inlardan.

Bundan tashqari, loyihani amalga oshirish chog‘ida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va uning tuzilmaviy bo‘linmalari hamda loyihaning boshqa ishtirokchilari tomonidan o‘zaro ayirboshlangan inshootlar, QQS, yuridik shaxslarga solinadigan daromad solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish solig‘i obekti bo‘la olmaydi. 

Xalqa temir yo‘lini qurish va loyihalash masalalari bo‘yicha maxsus tashkil etilgan Ishchi guruhga kelgusi yil boshida Toshkent shahrining yo‘lovchi transporti tizimini istiqbolda rivojlantirish Kontseptsiyasi loyihasini taqdim etish vazifasi topshirilgan. 

Unda quyidagilar aks etgan bo‘lishi kerak:

-  Toshkent viloyatining turli shaharlarini poytaxt bilan bog‘lovchi doimiy yo‘nalishlarni joriy qilish;

-  Yo‘lovchilar uchun imkon eng yuqori qulay sharoitlarni taqdim etish;

-  Ikki izli xalqa temir yo‘lining Toshkent metropoliteni, shohbekatlar va avtomobil xalqa yo‘li yoqasidagi shahar atrofi va shahar avtobus yo‘nalishlarining avtostansiyalari bilan bog‘lanishi va shu asosda ularning harakatlanish jadvalini optimallashtirish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid