Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi qonunni ma'qulladi
27 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a'zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Senatorlar tomonidan Konstitutsiyaviy sudning vakolatlarini kengaytirishga, uni shakllantirish tartibini yanada demokratlashtirishga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni ko‘rib chiqildi.
Qonunda sudyalar vakolatlarining muddati va sudyalikka nomzodlarga qo‘yilgan talablar aniq belgilab qo‘yilgan, shu jumladan, Konstitutsiyaviy sud a'zolarining ikki martadan ortiq saylanishi mumkin emasligi, amaldagi 5 yillik vakolat muddati saqlanib qolishi belgilanmoqda. Sudyalikka nomzodlarga nisbatan yosh senzini 30 dan 35 yoshga ko‘tarish va sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni tashkil etishi nazarda tutilmoqda. Sudyalarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari kengaytirilmoqda.
Konstitutsiyaning ustuvorligi, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi kabi prinsiplar qo‘shilganligi hisobiga Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsiplari kengaymoqda. Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Konstitutsiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega bo‘lgan sub'yektlar qatoriga kiritildi.
Huquqiy hujjatda Konstitutsiyaviy sud faoliyatining tashkiliy masalalari batafsil ochib berilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026