Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV, IIV va Sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari parlamentda yiliga ikki marta hisobot beradi
27 may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Vazirlar Mahkamasining taklif etilgan a'zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Senatorlar «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqdilar. Qonun 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarini ijro etish maqsadida ishlab chiqilganligi ta'kidlandi.
Qonunda o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, Oliy Majlis Senati ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotini, tashqi ishlar vazirining o‘z faoliyati haqidagi axborotini yiliga ikki marta eshitadi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sog‘liqni saqlash vazirining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotini Oliy Majlis palatalarining tegishli qo‘mitalarida dastlabki tarzda ko‘rib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
Senatorlar ta'kidlaganlaridek, o‘zgartish va qo‘shimchalar davlat boshqaruvi organlari faoliyatining tizimliligini oshirishga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining faoliyati ustidan parlament nazoratini kuchaytirishga ko‘maklashadi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026