“O‘zarxiv”ga yangi bosh direktor tayinlandi
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 26 maydagi qarori bilan Umidjon A'lamov “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ga agentlik xodimlari ma'lum qilishdi.
Umidjon A'lamov 2015 yildan beri Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan.
1975 yilda tug‘ilgan, Toshkent elektrotexnika aloqa instutini tamomlagan. 1997-2003 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Fan-texnika va marketing tadqiqotlar markazi Ekspertiza bo‘limi 2-toifali mutaxassisi, Hujjatlarni ekspertlash bo‘limi 1-toifali muhandisi, Telekommunikatsiya vositalarini dasturlash laboratoriyasi yetakchi muhandisi, Optik tolali tizim va aloqa liniyalari laboratoriyasi boshlig‘i, Axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan.
Foto: "Kun"
2003-2005 - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi «Raqamli rivojlanish tashabbusi» loyihasi menejyeri, AKT siyosati bo‘yicha maslahatchi;
2006-2007 yillar - - «HUAWEI TECH. INVESTMENT TASHKENT» ma'suliyati cheklangan jamiyati Marketing bo‘limi mutaxassisi, Logistika bo‘limi mutaxassisi, Loyihalashtirish bo‘limi radioaloqa tarmog‘ini optimallashtirish va rejalashtirish muhandisi;
2007-2008 - O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi axborot resurslari va axborot tizimlari bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘limi boshlig‘i;
2008-2011 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
2011-2013 - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti Pochta va telekommunikatsiyalarni, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, mualliflik huquqini himoya qilish va arxiv ishi masalalari sho‘'basi mudiri;
2013-2014 yillarda - «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «Biznesni rivojlantirish markazi» filiali tijorat direktori.
2014-2015 yillarda - «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «Biznesni rivojlantirish markazi» filiali direktori.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

19:06 / 27.10.2022
Arxiv hujjatlarini maxfiylikdan chiqarish ishlari bo‘yicha ma’lumot berildi

13:45 / 30.03.2021
1917 yilgacha bo‘lgan tarixiy arxiv hujjatlari maxfiylikdan chiqarildi – «O‘zarxiv»

10:14 / 28.09.2020
«O‘zarxiv» agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

23:58 / 26.04.2020