Farmonga ko‘ra, “O‘zarxiv” agentligining davlat arxivlarida saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob hujjatlar harakatini avtomatlashtirish ishlariga RFID (radiochastotali identifikatsiya) texnologiyasi joriy etiladi.

2026 yil 1 iyundan ushbu texnologiya O‘zbekiston milliy arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashda majburiy qo‘llaniladi.

Shuningdek, 2026 yil 1 avgustdan quyidagi davlat arxivlari funksiyalari to‘liq raqamlashtirilgan holda amalga oshiriladi:

  • Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
  • yig‘majildlar ro‘yxatini tuzish va rasmiylashtirish, ularga oid ilmiy-ma’lumotnoma apparatini tuzish, kelishish va tasdiqlash;
  • davlat arxivlari tomonidan arxiv hujjatlarini qabul qilish va foydalanishga berish;
  • korxona, muassasa va tashkilotlar qayta tashkil etilayotganda ularning arxiv hujjatlarini huquqiy vorislarda saqlash masalasini davlat arxivlari bilan kelishish;
  • davlat arxivlariga arxiv hujjatlari topshirilishi lozim bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining yagona ro‘yxatini shakllantirish.