Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xose Mariya Mendezning O‘zbekistondagi faoliyatiga yakun yasaldi
Foto: O‘FA
O‘zbekiston futzal terma jamoasini tarixda ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqqan ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez O‘zbekistonni tark etdi. Bu haqda mamlakat futzal assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
Mendez 16—26 may kunlari Tailandda bo‘lib o‘tgan 20 yoshgacha futzalchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini yarim finalga qadar boshlab borgandi. Shundan keyin u va assotsiatsiya o‘rtasidagi shartnoma yakuniga yetdi, mutaxassis Ispaniyaga qaytib ketdi.
2015 yilning martidan buyon O‘zbekistonda ishlagan Xose Mariya Mendez O‘zbekistondagi faoliyati davomida quyidagi natijalarni qayd etgan:
O‘zbekiston MTJ
Osiyo chempionati—2016 vitse-chempioni (Toshkent)
Jahon chempionati—2016 ishtirokchisi (Kolumbiya)
O‘zbekiston U20
Osiyo chempionati—2017 da 4-o‘rin (Tailand)
«Ardus»
O‘zbekiston kubogi sohibi (2015, 2016)
O‘zbekiston vitse-chempioni (2016, 2017)
Assotsiatsiya kubogi sohibi (2015)
O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi rahbariyati mutaxassisga O‘zbekistondagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan.
Xose Mariya Mendez O‘zbekiston terma jamoasini oldin ham boshqargan, uning avvalgi murabbiyligi davrida terma jamoa 2012 yilgi Osiyo chempionatida chorak finalga qadar yetib borgan edi.
Mavzuga oid
13:50 / 09.02.2025
Dilshod Rahmatov futzalchilik faoliyatini yakunladi
23:10 / 11.10.2024
FIFA reytingi. O‘zbekiston futzal milliy jamoasi JCh-2024dan keyin 10 pog‘ona pastladi
16:42 / 08.10.2024
O‘zbekiston futzal jamoasi bosh murabbiyi bilan tuzilgan shartnoma yakunlandi
13:19 / 07.10.2024