Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda biogaz qurilmalari joriy etiladi
O‘zbekistonda 2017-2019 yillarda respublikada biogaz qurilmalarini ishlab chiqarish va joriy etishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining “2017-2019 yillarda respublikada biogaz qurilmalarini ishlab chiqarish va joriy etishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida Xitoyning biogaz qurilmalarini ishlab chiqarish va servis xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan qo‘shma korxona tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Dastur doirasida O‘zbekistonda 2017-2019 yillarda 726 ta yirik chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalarini o‘rnatish mo‘ljallangan.
Dasturga ko‘ra, 2017 yilda 75 ta yirik chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida biogaz qurilmalari o‘rnatilsa, 2018 yilda – 291 va 2019 yilda – 360 xo‘jalikda joriy etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026