AQŞning The National Interest naşrining yozişiça, dunyoda yadroviy jangovar kallakli raketalar bilan himoyalangan faqat bitta şahar bor va u Moskvadir.

Naşrning ta'kidlaşiça, dunyodagi eng himoyalangan şahar Vaşington emas, bu – Moskva. Rossiya poytaxti "yadro soyaboni" ostida joylaşgan sayyoradagi yagona aholi punktidir.

Gap şundaki, AQŞ va sobiq Ittifoq tomondan 1972 yilda imzolangan raketalarga qarşi hujum böyiça qurollarni nazorat qiliş kelişuvida bir istisno mavjud bölgan. Unga köra kelişuv barça raketalarga qarşi tizimlarni taqiqlamagan. Tomonlardan har biri yuztagaça raketa bilan jihozlangan bölişi mumkin bölgan bir dona RQM tizimiga ega bölişga haqi bölgan. Şu bilan birga bunday tizimni istalgan joyda joylaştiriş mumkin bölgan. 

AQŞ Safeguard tizimini Şimoliy Dakota ştatidagi Grand Forks harbiy aviabazasi atrofida joylaştirişga qaror qilgan, biroq bu tizim qisqa muddat işlagan, söngra demontaj qilingan.

"Aniqlanişiça, bir dona, yagona hududni öta qimmatbaho tizim yordamida himoyalaş ma'nosiz bölgan", deb yozmoqda NI.

Sobiq Ittifoqda esa özgaça vaziyat bölgan – Moskvaning atom bomba bilan vayron qilinişi mamlakatni javob zarbasini beriş imkoniyatidan mahrum qilişi mumkin bölgan, çunki qömondonlik Moskvada joylaşgandi. Natijada Moskvani yadroviy uruş vaziyatida omon qolişini ta'minlaydigan havo hujumiga qarşi mudofaa tarmoği A-35 paydo bölgan.

Dastlabki ğoyaga köra, Moskva atrofida raketalarga qarşi 32 ta maydonçani taşkil etiş közda tutilgan. Vaqt ötişi bilan ularning miqdorini kamaytirişga qaror qilingan, biroq endi raketalar yadroviy kallaklar bilan jihozlangan, bu esa ularning samaradorligini ançagina oşirgan.

Maqolada aytilişiça, bir öqni ikkinçi öq bilan töxtatiş örniga, RQM tizimi bu öqni öz vaqtida portlatiladigan qöl granatasi yordamida yöq qiladi.

Ikki tomonning yadroviy qurol-aslahasi muntazam köpaygani sababli, 1970-yillarda A-35 tizimini yangilangan A-135 tizimi bilan almaştirişga töğri kelgan. Dastlabki 32 ta qurilmaga yana 68 ta yangisi qöşilgan va Moskva ixtiyorida, RQM kelişuvida ruxsat berilgandek, 100 ta raketalarga qarşi qurilma vujudga kelgan.