Moskva şahar sudi «ekstremistik jamoada iştirok etiş» işi böyiça aybdor deb topilgan tört rossiyalik jurnalist — Antonina Favorskaya, Konstantin Gabov, Sergey Karelin va Artyom Krigerga nisbatan çiqarilgan hukmni özgarişsiz qoldirdi. Payşanba, 4 dekabr kuni, sudning uç nafar sudyadan iborat hay’ati yopiq tartibda ötgan majlisda ularning apellyatsiya şikoyatini rad etdi.

Kutilişiça, yaqin vaqt içida ular jazoni ötaş uçun tergov hibsxonasidan koloniyalarga ötkaziladi. Gabov va Karelin Rossiyaning Ukrainaga qarşi töliq miqyosdagi uruşi boşlanişidan avval turli vaqtlarda Deutsche Welle (DW) bilan, keyin esa Associated Press va Reuters agentliklari bilan hamkorlik qilgan. Favorskaya va Kriger esa Rossiyaning SotaVision mustaqil naşri jurnalistlari bölgan.

Gabovning himoyaçisi Irina Biryukova DW'ga bergan bayonotida, hukm çiqarilgan biror jurnalist jinoyat sodir etmaganini, çiqarilgan hukm esa noqonuniy ekanini bildirdi. Uning sözlariga köra, ular heç qanday «ekstremistik» faoliyatda iştirok etmagan, faqat öz kasbiy majburiyatlarini bajargan, xolos.

«Bizga köra, birlamçi sud va apellyatsiya sudiga taqdim etilgan iş materiallarida bu jurnalistlardan birortasi tomonidan jinoyat sodir etilganini isbotlovçi heç qanday dalil yöq», — deb qöşimça qildi advokat.

Biryukova, şuningdek, BMT Inson huquqlari qömitasiga murojaat qiliş imkoniyati paydo bölişi uçun hukm ustidan Rossiyada barça qonuniy yöllar orqali şikoyat qiliş niyati borligini bildirdi.

U, bundan taşqari, Konstantin Gabov qattiq stress holatida ekanini aytdi — u hukm yengillaşişiga umid qilgan. Şuningdek, himoyasidagi şaxs Rossiya va AQŞ örtasida mahkumlar almaşinuvi röyxatiga kiritilişiga ham umid boğlagani ta’kidlandi. «U odamlar ular haqida gapirişda davom etişini söradi, aks holda ularni birorta almaşinuv röyxatiga qöşişmaydi. U şu umidga yopişib turibdi», — dedi Biryukova.

2025 yil aprelida Moskvadagi Nagatinskiy tuman sudi tört jurnalistni Rossiyada «ekstremistik» deb tan olingan Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi (FBK) faoliyatidagi «iştiroki» uçun beş yil-u olti oy ozodlikdan mahrum etiş jazosiga hukm qilgan. «Siyosiy mahbuslarni qöllab-quvvatlaş. Memorial» huquqni himoya qiliş loyihasi ayblanuvçilarni siyosiy mahbuslar, deb e’tirof etgan.

Iş figurantlari ayblovlarni rad etib, FBKda işlamaganini, uning faoliyatini faqat jurnalist sifatida yoritganini ta’kidlab kelmoqda.